Oʻzbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxira aktivlari qariyb 294 million dollarga kamaydi

14:05 09 Iyul 2024 Iqtisodiyot
240 0

Foto: inbusiness.kz

Markaziy bank Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-iyul holatiga koʻra 294 million dollarga kamayib, 36,34 milliard AQSH dollarni tashkil etayotganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning oltin zaxiralari iyun oyida 500 million dollardan (27,31 milliard dollargacha) oshgan. Oltinning fizik hajmi 11,4 million troya unsiyadan 11,7 million troya unsiyagacha (31,1034768 grammga teng massa birligi) koʻpaygan. Xorijiy valyuta zaxiralari qiymati 9,23 milliard dollardan 8,43 milliard dollargacha qisqargan.

Hisobot davrida Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari umumiy hisobda qariyb 293,7 million dollarga kamaygan. 2024-yil boshidan beri valyuta rezervlari qariyb 900 million dollarga kamaygan.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, oltin zaxiralari eng ishonchli valyuta hisoblanadi va uning yordamida favqulodda vaziyatlarda toʻlash mumkin boʻladi. Shu sababli ham oltin zaxiralarining koʻpligi mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirib, yangi tadbirkorlarni jalb qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?