Oʻzbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti bilan amaliy hamkorligi kengaytiriladi

03:40 26 Mart 2024 Siyosat
565 0

Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva Jeneva shahrida XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha byurosi mintaqaviy direktori Beate Andreyes bilan muzokara oʻtkazdi.

Oʻzbekiston va XMT oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish, jumladan, mamlakatimizda munosib mehnat sharoitlarini tizimli ravishda yaratish borasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat chogʻida munosib mehnat va ijtimoiy himoya tamoyillarini joriy etish, norasmiy bandlikka qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini asosiy daromad bilan taʼminlash, oʻzini-oʻzi band qilish standartlarini joriy etish kabi hamkorlik yoʻnalishlariga eʼtibor qaratildi.

XMTning mamlakatimiz, umuman Markaziy Osiyodagi ishtirokini kengaytirish, konstruktiv muloqot izchilligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida XMTning xalqaro koordinatori lavozimi tashkil etilgani maʼlum qilindi. Bu, oʻz navbatida, mehnat munosabatlari sohasida Oʻzbekistonning ilgʻor tajribasini mintaqada ham joriy etish imkonini berishi taʼkidlandi.

Shu bilan birga kelgusida Toshkentda XMTning Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun submintaqaviy vakolatxonasini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida XMTning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda hamkorlikdagi qoʻshma loyihalarni faollashtirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер