Oʻzbekistonning birinchi elchisi Andorra hamraisiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: Dunyo
Oʻzbekistonning birinchi elchisi Farrux Tursunov Andorra hamraisi, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farrux Tursunov tantanali marosim davomida Fransiya rahbariga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklarni yetkazgan. Emmanuel Makron ham Oʻzbekiston rahbariga oʻz hurmati va minnatdorligini bildirib, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidlagan.
Qolaversa, Fransiya yetakchisi Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhim vazifa ekanini alohida taʼkidlab, elchining professional diplomatik mahorati mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga ishonch bildirgan.
“Biz Oʻzbekiston bilan doʻstona aloqalarni mustahkamlashga katta ahamiyat qaratamiz va barcha sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyormiz”, degan Emmanuel Makron.
Maʼlumot uchun, Farrux Tursunov 2023-yilning 7-dekabr kuni Oʻzbekistonning Ispaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan edi. Shuningdek, u Oʻzbekistonning “BMT Turizm” tashkilotidagi (avvalgi Butunjahon turizm tashkiloti) doimiy vakili hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring