Nomingizga kredit olib qoʻyishlaridan qanday himoyalanish mumkin? (+videoqoʻllanma)

12:11 14 Dekabr 2025 Jamiyat
157 0

Soʻnggi paytlarda fuqarolar nomiga ularning roziligisiz kredit rasmiylashtirish bilan bogʻliq holatlar koʻpaymoqda. Toshkent viloyati IIBB bunday holatdan qanday himoyalanish haqida maʼlumot berdi.

Buning uchun “MyGov” ilovasida maxsus xizmat joriy etilgan boʻlib, ushbu xizmat quyidagi tartibda faollashtiriladi:

  • “Google Play” yoki “App Store” orqali “MyGov” ilovasini yuklab olasiz;
  • “MyID” orqali pasport raqamingiz va tugʻilgan sanangizni kiritib, shaxsingizni tasdiqlaysiz;
  • «Kredit bitimini tuzishga taqiq qoʻyish xizmatini tanlab uni faollashtirasiz;
  • Siz faollashtirgan taqiq haqidagi maʼlumotlar “Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri”ga kiritiladi.

Shu reyestr asosida banklar va moliyaviy tashkilotlar nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi, firibgarlar uchun yoʻl butunlay yopiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?