O‘zbekistonda seriyali obligatsiyalarni chiqarish mexanizmi joriy etildi
Illyustrativ foto
Adliya vazirligi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami №2000-11 2025-yil 11-mart) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Asosiy yangiliklardan biri obligatsiyalar dasturi doirasida seriyali obligatsiyalarni chiqarish mexanizmining joriy etilganidir. Ushbu o‘zgarishlar emitentlarga moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirish va tezlashtirish imkonini beradi.
Emitentlar uchun nima o‘zgaradi?
Seriyali obligatsiyalar bitta ro‘yxatdan o‘tgan dastur doirasida bir nechta obligatsiyalarni chiqarish imkonini beradi.
Yangi mexanizmning asosiy afzalliklari:
— Moliyalashtirishni jalb qilishda moslashuvchanlik – emitentlar bozor sharoitlari va kapital ehtiyojlariga qarab obligatsiyalarni bosqichma-bosqich chiqarishlari mumkin bo‘ladi.
— Xarajatlarni optimallashtirish – turli seriyali obligatsiyalar turli muddatlarga va foiz stavkalariga ega bo‘lishi mumkin, bu esa qarz olish xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
— Investorlar doirasini kengaytirish – obligatsiyalarning turli parametrlari ularni investorlarning keng doirasi uchun jozibador qiladi.
— Qayta moliyalashtirish imkoniyati – emitentlar ilgari joylashtirilgan majburiyatlarni to‘lash uchun obligatsiyalarning yangi seriyasini chiqarishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, yangi qoidalar ipotekani qayta moliyalash tashkilotlari tomonidan korporativ obligatsiyalarini o‘z kapitalidan ortiq miqdorda chiqarish imkoniyatini beradi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni ta’minlash turlari ro‘yxatini kengaytiradi.
Seriyali obligatsiyalar mexanizmi kapital bozori rivojlangan mamlakatlarda, jumladan Malayziya, Pokiston, Rossiya va Qozog‘istonda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Ushbu vositaning O‘zbekistonda joriy etilishi milliy bozor raqobatbardoshligini oshiradi, emitentlarga yanada samarali moliyalashtirish usullaridan foydalanish imkoniyatini beradi va investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring