Oʻzbekistonda qonuniy taksi bozori hajmi 3 trln soʻmga yetdi
Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan taksi agregatorlari soni 142 taga yetdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Ulardan 136 ta kompaniya maydan avgust oyining oʻrtalariga qadar maʼlumotlar bazalariga ulangan. Aprel oyida 6ta taksi xizmati, jumladan “Yandex Go” va “Uklon” soliq organlari tizimlari bilan integratsiya qilingandi.
15-avgust holatiga koʻra, fiskal cheklarning umumiy summasi 3 trln soʻmni tashkil etdi. Safarning oʻrtacha narxi — 18 003 soʻm.
Yil boshidan buyon agregatorlar orqali 166 mlndan ortiq qatnov amalga oshirilgan. Shundan 18,3 mlni dastlabki ikki oyga toʻgʻri keladi. Ularning qariyb 75%i naqd pulda toʻlangan boʻlsa, bank kartalari toʻlovlarning toʻrtdan bir qismini tashkil etgan.
Hozirda 361 ming nafardan ortiq oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi agregatorlar orqali xizmat koʻrsatmoqda, bu mart oyidagi koʻrsatkichlarga nisbatan 2 barobar koʻp. Uchdan bir qismidan ortigʻi (142,6 ming nafar) 30 yoshgacha boʻlgan fuqarolardir.
Har uchinchi haydovchining oylik daromadi 1 mln soʻmdan oshmaydi. Yana 104 ming taksichi 1−5 mln soʻmdan oladi. 2%ga yaqini (7,6 ming nafari) oyiga 50 mln soʻmdan ortiq daromad oladi, 171 nafarini esa 100 mln soʻmdan oshdi.
Avgust oyi oʻrtalari holatiga koʻra, Oʻzbekistonda yoʻlovchi tashish sohasida oʻzini oʻzi band qilganlar 576,1 ming nafar yoki iyul oyining boshiga nisbatan 46 ming nafarga koʻp. Yil boshidan buyon bu koʻrsatkich qariyb ikki barobarga oshdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring