Oʻzbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor toʻgʻri keladi?

11:08 01 Dekabr 2025 Jamiyat
216 0

2025-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda har 10 ming aholiga 28,6 nafar shifokor toʻgʻri keladi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Ixtisosliklar va ayrim mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlar bilan aholining taʼminlanganlik darajasi quyidagicha (har 10 000 aholiga nisbatan):

  • terapevtik ixtisosligi boʻyicha — 10,8 nafar;
  • jarrohlik ixtisosligi boʻyicha — 3,3 nafar;
  • akusher-ginekologlar (10 000 ayolga nisbatan) — 3,2 nafar;
  • pediatrlar (0-14 yoshdagi 10 000 bolaga nisbatan) — 8,3 nafar;
  • pediatrlar (0-17 yoshdagi 10 000 bolaga nisbatan) — 7,1 nafar;
  • oftalmologlar — 0,5 nafar;
  • otolaringologlar — 0,6 nafar;
  • ftiziatrlar — 0,2 nafar;
  • nevropatologlar — 0,9 nafar;
  • psixiatrlar — 0,3 nafar;
  • dermato-venerologlar — 0,3 nafar;
  • stomatologlar — 3,3 nafar;
  • sanitariya-epidemiologiya guruhi shifokorlari — 1,4 nafar;
  • rentgenologlar va radiologlar — 0,4 nafar;
  • onkologlar — 0,3 nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?