O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 210,8 trln. so‘mni tashkil etgan — Milliy statistika qo‘mitasi
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar — mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 210,8 trln. so‘mga yetgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,6 trln. so‘mga yoki 12,6 foizga oshgan.
Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar — mart oylarida xizmatlar hajmi 169,2 trln. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 114,2 foizni tashkil etgan.
2025-yilning yanvar — mart oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5,6 mln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 foizga oshgan.
2025-yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 113,9 trln. so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54 foizini tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring