Oʻzbekistonda 142 nafar “chempion” tadbirkor paydo boʻlgani aytildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mamlakatimizda 5 mingdan ziyod ishchisi bor, yillik daromadi 1 trillion soʻmdan oshgan, kamida 100 milliard soʻm soliq toʻlayotgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo boʻldi.
Bu korxonalar eng ilgʻor texnologiyalar va yangicha boshqaruvni joriy etgan, oʻzlari arzon resurs olib kelayapti, kredit va soliqni oʻz vaqtida toʻlayapti, muddati oʻtgan qarzi yoʻq.
Muhimi, ular har kuni yangilikka intilib, izlanishdan toʻxtamayapti. Ular koʻp tarmoqli korporatsiyaga aylanib, yondosh sohalar rivojiga ham katta hissa qoʻshayapti.
Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qoʻllab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni koʻpaytirish kerakligini taʼkidladi.
Bunday tadbirkorlarga yer va binoni toʻgʻridan-toʻgʻri berish, davlat korxonalarini ham uzoq muddatga boshqaruvga topshirish, harbiy sanoat, dronlar ishlab chiqarish, IT va sunʼiy intellektni keng rivojlantirishda ular bilan manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mumkinligi qayd etildi.
Dunyodagi 10 ta eng boy kompaniyaning 7 tasi IT va fintex sohalaridan chiqqan. Aholimizning 56 foizi yoshlar. Prezident taʼkidlaganidek, shu raqamlarni oʻzi sohada katta salohiyat, ish oʻrni, yuqori daromad yotganini koʻrsatadi.
IT, fintex, innovatsiyalar, telekommunikatsiya kabi sohalarni xususiy korxonalar tez rivojlantirishi, yaratilgan sharoit tufayli qiymati 1 milliard dollardan oshgan “TBC Uzbekistan” va “Uzum” xususiy kompaniyalari paydo boʻlgani bunga yaqqol misol ekani taʼkidlandi.
Bunday kompaniyalar koʻpayishi uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.
Xususan, ularga rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) uchun laboratoriya jihozlari, texnologik uskunalarni bojsiz olib kelishga ruxsat beriladi.
IT, fintex, tadbirkorlikni moliyalashtirish, eksport, turizm, xizmatlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi dolzarb masalalar boʻyicha Jamoatchilik kengashida ekspertlik guruhlarini tashkil qilish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Oxirgi 3-yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga oʻzgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas. Shu munosabat bilan har tomonlama yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- Aliment toʻlovchilar sugʻurta polisi orqali xorijga chiqib kelishi mumkin boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring