Oʻzbekistonda 1-fevraldan poyezd chiptalari narxi 15 foizga oshadi

16:57 16 Yanvar 2026 Jamiyat
467 0

2026-yil 1-fevraldan boshlab “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” yoʻlovchi poyezdlari hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshiriladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, narxlar yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga texnik xizmat koʻrsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari oshgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining koʻpaygani, harakat xavfsizligini toʻliq taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat koʻrsatishni davom ettirish zarurati, elektropoyezdlar infratuzilmasini saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari hamda yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida oshirilmoqda.

Unga koʻra, joriy yilning 1-fevralidan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha boʻladi:

Toshkent — Buxoro

VIP — 1 138 000 soʻm

Biznes — 760 000 soʻm

Ekonom — 509 000 soʻm

Toshkent — Qarshi

VIP — 976 000 soʻm

Biznes — 642 000 soʻm

Ekonom — 429 000 soʻm

Toshkent — Samarqand

VIP — 709 000 soʻm

Biznes — 455 000 soʻm

Ekonom — 311 000 soʻm etib belgilandi.

Shu bilan birga, “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” yoʻlovchi poyezdlari chipta narxlari ham 15 foizga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер