Oʻzbekiston va Syerra-Leone Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi

Foto: “Dunyo” АА
Nyu-Yorkda (AQSH) Oʻzbekiston bilan Syerra-Leone Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Qoʻshma kommunike imzolandi.
Shu tariqa Syerra-Leone Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 143-davlatga aylandi. “Dunyo” AA xabariga koʻra, ikki davlat hukumati nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Syerra-Leone Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Alxadji Fand Turay imzolagan.
Ushbu davlat Gʻarbiy Afrikada Atlantika okeani sohilida joylashgan, Britaniya Hamdoʻstligi, IHT, Qoʻshilmaslik harakati va boshqa xalqaro tashkilotlarga aʼzosi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Hujjatning imzolanishi Oʻzbekistonning Gʻarbiy Afrika davlatlari bilan oʻzaro hamkorligini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.
2022-yil 10-oktyabr kuni Oʻzbekiston Gayana Kooperativ Respublikasi bilan ham diplomatik munosabtlar oʻrnatgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring