Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi

19:23 17 Yanvar 2026 Sport
482 0

Foto: O‘FA

Bugun, 17-yanvar kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan U-23 Osiyo chempionati musobaqasining chorak final oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Xitoy olimpiya terma jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining toʻliq ustunligi ostida oʻtdi. Ravshan Haydarov shogirdlari oʻyin davomida raqib darvozasiga 30 ta zarba yoʻlladi. Ushbu zarbalardan 10 tasi aniq chiqdi. Ammo bu gʻalaba uchun yetarli boʻlmadi.

Oʻyinning asosiy va qoʻshimcha vaqtlari durang bilan yakunlangach, gʻolib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa Xitoy terma jamoasi 4:2 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasidan Behruz Karimov va Dilshod Abdullayev zarbada adashdi.

Shu tariqa Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini chorak finalda yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?