Oʻzbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgning tarixiy obidalari bilan tanishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni MDH norasmiy sammitining madaniy tadbirlar dasturi doirasida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bogʻ majmualari bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari bilan birgalikda “Pavlovsk”, “Sarskoye selo” va “Petergof” muzey-qoʻriqxonalariga tashrif buyurdi.
XVIII-XIX asrlarda barpo etilgan ushbu tarixiy obidalar YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, meʼmorchilik va bogʻchilik sanʼati durdonalari sifatida tan olingan.
Tanishuv chogʻida davlat rahbarlariga saroylar tarixi, ularning ichki bezagi va badiiy toʻplamlari toʻgʻrisida batafsil soʻzlab berildi. Oliy martabali mehmonlar eʼtiboriga musiqa va xalq ogʻzaki ijodi jamoalarining chiqishlari havola etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring