Oʻzbekiston Prezidenti BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi yigʻilishida nutq soʻzlaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha kengashi 46-sessiyasining yuqori darajadagi segmenti ishida ishtirok etadi.
Inson huquqlari boʻyicha kengash faoliyati butun dunyo boʻylab inson huquqlari himoyasini taʼminlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi.
Kengashga 47 ta davlat aʼzo. Oʻtgan yil oktyabr oyida mamlakatimiz 2021-2023-yillar davriga ushbu tuzilma aʼzosi etib ilk bor saylandi.
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kengashning navbatdagi yigʻilishi Jeneva shahrida videoanjuman shaklida oʻtkaziladi.
Yigʻilish kun tartibidan inson huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish, shu jumladan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash bilan bogʻliq eng dolzarb masalalar oʻrin olgan.
Tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar Mishel Bachelet, qariyb 150 mamlakatdan davlat, hukumat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Prezidenti forumning birinchi kunida, uning yalpi qismida nutq soʻzlaydi.
Davlatimiz rahbari oʻz nutqida mamlakatimizda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari hamda Inson huquqlari boʻyicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga batafsil toʻxtaladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nutqining toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyasi mamlakatimizning markaziy telekanallarida ham amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring