Oʻzbekiston oziq-ovqat eng arzon davlatlar yigirmaligiga kirdi
2025-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston oziq-ovqat narxlari indeksi boʻyicha dunyodagi 139 ta mamlakat orasida 18-pogʻonada qayd etildi. Bu haqida “Numbeo” veb-sayti tomonidan tuzilgan statistikada maʼlumot berilgan.
Unga koʻra, Oʻzbekiston oziq-ovqat narxlari indeksi 26,6 ballni tashkil etib, dunyo mamlakatlari orasida kuchli yigirmatalikdan joy oldi.
Oziq-ovqat narxlari indeksi har yili turli davlatlardagi isteʼmol savatchasining nisbiy qiymatini aks ettiradi hamda Nyu-Yorkdagi narxlar indeksi bilan oʻlchanadi. Davlatlardagi narxlar indeksi koʻrsatkichi past yoki baland chiqishiga qarab, umumiy roʻyxat shakllantiriladi.
Jumladan, Oʻzbekiston hududidagi oziq-ovqat indeksi 26,6 koʻrsatgichni qayd etgan boʻlsa, bu narx Nyu-Yorkdagi narxlardan qariyb 70 foizga arzon demakdir.

“Numbeo” tomonidan eʼlon qilingan mazkur statistikadagi eng arzon narxlar Pokistonda qayd etilgan. Undan keyingi oʻrinlarda Afgʻoniston, Misr, Eron va Madagaskar kuchli beshtalikdan joy olgan.
Shuningdek, MDH davlatlari orasida Oʻzbekistondan yuqoriroq oʻrinlarni Belorussiya hamda Ukraina qayd etgan. Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Moldova, Ozarbayjon hamda Armanistondagi oziq-ovqat mahsulotlari Oʻzbekistonga qaraganda qimmatroq ekanligi oydinlashgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari eng qimmat mamlakatlar boʻyicha yetakchilikni Islandiya egallagan, undan keyingi oʻrinlarda Virjiniya orollari hamda Shveysariya joylashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring