Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga magʻlub boʻldi
Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasidagi ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi. Ushbu bahsda Fabio Kannavaro shogirdlariga 15 karra Janubiy Amerika chempioni Urugvay terma jamoasi raqiblik qildi.
Malayziyada tashkil etilgan oʻyin Marselo Byelsa boshqaruvidagi jamoaning 2:1 hisobi bilan gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi.
51-daqiqada “Palmeyras” klubi aʼzosi Fakundo Torres gol kiritib, Urugvayni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, Xuan Sanabriya jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

82-daqiqada Ruslanbek Jiyanov Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yagona javob goliga mualliflik qildi. Taʼkidlash kerakki, bu Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Urugvay darvozasiga kiritilgan dastlabki goli sifatida tarixda qoldi.
Oʻyin aynan ushbu hisob bilan yakunlandi. Bahsdan soʻng “Sofascore” portali Urugvay terma jamoasi aʼzosi Federiko Vinyasni oʻyin qahramoni deya eʼtirof etdi. Ushbu futbolchining harakatlari portal tomonidan 7,9 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi oʻyinlarini noyabr oyida oʻtkazadi. Ushbu bahslarda “oq boʻrilar”ga kim raqiblik qilishi keyinroq aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring