Oʻzbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi
Foto: OʻFA
Oʻzbekiston futzal terma jamoasini boshqargan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes mamlakatdagi murabbiylik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, kecha, 7-oktyabr kuni OʻFA rahbariyati hamda bosh murabbiy qatnashgan yigʻilishda milliy jamoaning Oʻzbekistonda oʻtgan musobaqadagi ishtiroki tanqidiy koʻrib chiqilgan. Yigʻilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, unga omad tilagan.
Xose Venansio Lopes Oʻzbekistondagi faoliyati davomida zavq bilan ishlagani, barcha mutaxassislar unga koʻmaklashganini aytib, kelgusida doʻstona aloqalarni saqlab qolib, har qanday yordamga tayyor ekanini aytgan. Shuningdek u OʻFA rahbariyatiga terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash imkoniyat berilgani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Shu tariqa ispaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. Maʼlumot uchun, U bilan tuzilgan shartnoma Jahon chempionati oxiriga qadar imzolangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring