Oʻzbekiston bu mahsulotni 13 million AQSH dollariga eksport qilgan. Asosiy xaridor Ozarbayjon

09:13 04 Sentyabr 2024 Iqtisodiyot
341 0

Oʻzbekiston 13 million AQSH dollariga teng gilam eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati yuqorida qayd etilgan mablagʻga teng boʻlgan 4,3 million kvadrat metr gilam eksport qilgan.

Yurtimizdan 2024-yilning yanvar-iyul oylarida eng koʻp gilam eksport qilgan davlatlar reytingini Ozarbayjon 1 226,5 ming kv.m bilan boshqarib turibdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarda Qirgʻiz Respublikasi va Afgʻoniston 1 108,6 ming kv.m hamda 807,3 ming kv.m bilan egallab turibdi.

Shuningdek, Rossiyaga 542,5 ming kv.m, Qozogʻistonga 328,7 ming kv.m, Tojikistonga 214,8 ming kv.m, Turkmanistonga 38,7 ming kv.m, AQSHga 14,5 ming kv.m va boshqa davlatlar 0,8 ming kv.m gilam eksport qilingan.

Avvalroq, bir yilda isteʼmol sektoridagi tovarlarning narxi 10 foizdan koʻproqqa oshgani haqida xabar berilgandi.

Avvalroq, bir yilda isteʼmol sektoridagi tovarlarning narxi 10 foizdan koʻproqqa oshgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?