Konstitutsiya kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
“Hech shubhasiz, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri hamda yuksak xohish-irodasining ifodasi boʻlgan Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan qoida va tamoyillar Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda barchamiz uchun beqiyos kuch-gʻayrat, ishonch va ilhom manbai boʻlib xizmat qilmoqda”, deyiladi davlatimiz rahbarining qutlovida.
Tabrikda xalq hokimiyatchiligi, vakillik demokratiyasi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarga bundan buyon ham sodiq qolgan holda ushbu yoʻnalishdagi islohotlar yanada qatʼiy davom ettirilishi taʼkidlangan.
Konstitutsiyamizning har bir normasini davlat va jamiyat hayotida amaliy faoliyat mezoniga aylantirish zarurligi, ayniqsa, yoshlarimizga Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini chuqur oʻrgatish, ularni konstitutsiyaviy qadriyatlar asosida yuksak ongli va vatanparvar fuqarolar etib tarbiyalash oldimizda turgan gʻoyat muhim vazifa ekani qayd etilgan.
Prezidentimiz yoʻllagan qutlovda, shuningdek, milliy mustaqilligimiz, gʻurur va iftixorimiz timsoli boʻlgan Konstitutsiyamiz sharaflanadigan ushbu quvonchli ayyom munosabati bilan xalqimizga eng ezgu tilaklar bildirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring