Oʻzbekiston aholisining 10 foizini keksalar tashkil qilmoqda
Oʻzbekiston aholisining 10 foizini keksa yoshlilar tashkil etadi, shuningdek, 760 ming nafardan ziyod shaxsda nogironlik mavjud.
Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, rivojlangan davlatlar aholisi tarkibining 25 foizini keksa avlod vakillari tashkil qilib, bu koʻrsatkichlar yil sayin oʻsish tendensiyasiga ega boʻlmoqda.
Tugʻilish koʻrsatkichining nisbatan balandligiga qaramay, bugungi kunda respublika aholisining 10 foizini keksa avlod vakillari tashkil qilmoqda.
Dunyo aholisining 15 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil qilib, bugungi kunda ularning soni 1 milliard nafarga yetdi. Oʻzbekistonda 760 ming nafardan ziyod nogironligi boʻlgan shaxslar istiqomat qilib, ular ijtimoiy himoya va qoʻllab quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring