Oʻzbekiston 141,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan polietilen eksport qildi. Eng katta xaridor qaysi?

09:52 30 Sentyabr 2024 Iqtisodiyot
229 0

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 141,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan 174,1 ming tonna polietilen eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, polietilen eksporti hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,7 ming tonnaga oshgan. Bu davrda Oʻzbekiston 2024-yilning 8 oyida 15 ta davlatga polietilen sotgani ham xabar qilindi.

2024-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar “TOP-6”ligi quyidagicha:

1) Turkiya – 80,2 ming tonna;

2) Latviya – 27,4 ming tonna;

3) Rossiya – 23,5 ming tonna;

4) Xitoy – 20,1 ming tonna;

5) Qozogʻiston – 16,2 ming tonna;

6) Gruziya – 2,9 ming tonna.

Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?