Oʻzbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi

16:01 26 Noyabr 2025 Jamiyat
350 0

“Oʻzbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–354-son, 26.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, universitet oʻz faoliyatini Oʻzbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi.

Universitetda dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi.

Taʼlim jarayoni maqsadli davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarga universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlari boʻyicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi.

Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?