Oston Oʻrunov Eron chempionatidagi eng qimmat futbolchiga aylandi

17:45 09 Dekabr 2025 Sport
746 0

Bugun, 9-dekabr kuni futbolchilarning transfer qiymatlari boʻyicha tadqiqot olib boruvchi “Transfermarkt” portali Eron chempionatida toʻp surayotgan futbolchilarning yangilangan narxlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Persepolis” klubi hujumchisi Oston Oʻrinovning qiymati oʻzgarishsiz qoldi. Ayni paytda 2 million yevro bilan Oʻrinov musobaqaning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.

Shuningdek, “Istiqlol Tehron” jamoasida oʻynayotgan oʻzbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatovning qiymati 100 ming yevroga oshib, endi 700 ming yevroni tashkil etmoqda.

Biroq, afsuski, Oʻzbekiston termasining Eron chempionatida toʻp surayotgan yana uch nafar futbolchisining qiymati pasaydi. Xususan, Jaloliddin Masharipovning qiymati 300 ming yevro, Odil Hamrobekovda 200 ming yevro va Oʻtkir Yusupovda 50 ming yevronga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?