O‘quvchi-yoshlar uchun bepul teatr tomoshalari
Foto: «Xalq so‘zi»
San’atlar ichida teatr inson kechinmalarining shakllanishi, hayotiy muammolarni hal etish yo‘llarini izlash, asosiysi asar qahramonlarining tomoshabin bilan yuzlashishi orqali ahamiyatlidir. Ayniqsa, yoshlar dunyoqarashining mustahkamlanishi, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni yaqindan o‘rganishlarida uning o‘rni beqiyos.
Kelajak avlod tarbiyasida ayni omildan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Aholini teatr san’atidan kengroq baxramand etish, o‘quvchi va talabalarni teatrlarga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi majlisi bayoniga asosan yurtimiz bo‘ylab o‘quvchi - yoshlar uchun spektakllar namoyishlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Namanganda ham viloyat musiqali drama teatri tomonidan teatr tomoshalari boshlandi. Ijodiy jamoa maktab o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalariga “Ibrat”, “Aziz” va “Usmon Nosir” spektakllarini taqdim etmoqda. E’tiborlisi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi ezgu ishga qo‘shilib, maktab o‘quvchilarining spektakllarga bepul kirishlari uchun imkoniyat yaratib, zarur mablag‘ni ajratdi.
Dastlabki bosqichda teatr binosida namoyish qilingan tomoshalar 15 maydan boshlab sayyor usulga ko‘chirildi. Teatr truppasi spektakllarni har kuni ikki seansda joylarda namoyish qilmoqda. Tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, yuqorida ta’kidlangan spektakllar tuman madaniyat markazlarida qo‘yilib, unga maktablarning 10248 nafar o‘quvchilari jalb etiladi.
Kecha teatr tomoshalari Namangan tumani markazidagi Madaniyat markazida tashkil etilib, unda ming nafarga yaqin o‘quvchi o‘qituvchilari bilan birgalikda “Ibrat” spektaklini tomosha qildi.
- Teatrga avval tushmagan edim, aktyorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvning gashti boshqacha ekan, - deydi tumandagi 25-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Oynur Ismoilova. – Spektaklni tomosha qilib, tarbiya, tarix, odob, muomala madaniyati bo‘yicha o‘zimga xulosalar oldim. To‘raqo‘rg‘onlik ma’rifatparvar inson Ishoqxon Ibratning yurtimizda matbaachilikni yo‘lga qo‘yishdagi mashaqqatlari bizni bugungi kunda barcha sharoitlar yaratib berilayotgan yurtda ulkan ishlarni amalga oshirishga ruhlantiradi.
O‘quv yili yakunlanishi arafasidagi bu singari sayyor spektakl tomoshalari viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilib, o‘quvchilarni ma’naviyat va ma’rifat omillaridan baxramand etadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring