Ona tilimizga ehtirom
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Respublikamizning barcha hududlarida Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar koʻtarinki ruhda oʻtdi.
Buxoro shahridagi Alisher Navoiy haykali poyi erta tongdan anvoyi gullarga burkandi. Bu yerda ona tilimizga davlat maqomi berilganining 35-yilligi munosabati bilan marosim oʻtkazildi.

Unda soʻz olganlar ona tilimizning oʻzligimizni anglashdagi oʻrni va ahamiyati, uning mavqeyini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi. Talaba-yoshlar tomonidan oʻzbek tili madh etilgan sheʼrlar yod aytildi.
Bayramning asosiy tantanasi esa viloyat musiqali drama teatrida boʻlib oʻtdi. Madaniy-maʼrifiy soha vakillari, tilshunoslar, ijodkorlar, muallimlar, yoshlar vakillari qatnashgan tadbirda “Davlat tili haqida”gi qonunning tarixiy ahamiyati, tilimizni asrab-avaylash qadriyat darajasiga koʻtarilgani, Konstitutsiyada davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgani toʻgʻrisida soʻz bordi. Shu kabi saʼy-harakatlar natijasida ona zabonimiz dunyo tillari qatorida oʻz oʻrniga ega boʻldi. U xalqaro minbarlarda ham baralla yangrayapti. Galdagi vazifa esa tilimiz sofligini saqlash, uning mavqeyini mustahkamlashdan iboratdir.

Viloyat sanʼat ustalari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan bayram dasturi madaniy-maʼrifiy kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring