Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
Foto: AFP
Quyoshda kuzatilgan kuchli faollik natijasida Yer tomon soʻnggi 20 yil ichidagi eng kuchli radiatsiya boʻroni yoʻl oldi. CNN nashrining yozishicha, bu dushanba kechasi va seshanba tongida kutilmagan hududlarda yorqin shimol yogʻdusining namoyon boʻlishiga olib keldi. Qayd etilishicha, radiatsiya sunʼiy yoʻldoshlarga asoslangan aloqa tizimlari va GPSʼda qisqa muddatli uzilishlarni yuzaga keltirishi mumkin.
AQSH Milliy ob-havo xizmati huzuridagi Kosmik ob-havo prognoz markazi (SWPC) 5 bosqichli shkalada 4-darajali — S4 toifasiga kiruvchi jiddiy quyosh radiatsiyasi boʻronini qayd etdi. Markaz maʼlumotiga koʻra, bu soʻnggi 20 yil ichidagi eng kuchli radiatsiya boʻroni hisoblanadi. Bunga oʻxshash holat oxirgi bor 2003-yil oktyabrda kuzatilgan.

Mutaxassislar bunday boʻronlar, avvalo, kosmik parvozlar, aviatsiya hamda sunʼiy yoʻldoshlar faoliyatiga taʼsir koʻrsatishini taʼkidlamoqda. Xususan, Yer atrofi, past orbitada boʻlgan Xalqaro kosmik stansiyadagi astronavtlar uchun radiatsiya xavfi oshishi, qutb yoʻnalishlari orqali amalga oshiriladigan aviareyslarda ehtiyot choralari koʻrilishi mumkin. Shu munosabat bilan SWPC aviakompaniyalar, NASA, FAA va boshqa tegishli idoralarni oldindan ogohlantirgan.
Shuningdek, yakshanba kuni Quyoshda sodir boʻlgan eng yuqori — X toifali chaqnash ortidan koronal massalar chiqishi qayd etilgan. Bu jarayon Yer magnit maydoniga yetib kelganda kuchli geomagnit boʻronlarga sabab boʻladi. Natijada shimol va janub qutblari atrofida, ayrim hollarda esa ancha janubiy hududlarda ham shimol yogʻdusi kuzatilishi mumkin.


Мutaxassislar yaqin kunlarda ham Quyoshda yangi chaqnashlar yuz berishi ehtimolini istisno qilmayapti. Agar bunday portlashlar Yer tomon yoʻnaltirilsa, qoʻshimcha geomagnit boʻronlar va yogʻdular qaytadan kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, ekspertlar ommaviy texnologiya tizimlarida katta uzilishlar kutilmayotganini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring