Ombudsmanga eng koʻp murojaat qaysi hududdan boʻlgan?

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan aholi oʻrtasida huquqiy xabardorlikni oshirish va joylardagi muammolarni bevosita oʻrganish maqsadida Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, 2024-yilda Qashqadaryo viloyatidan Ombudsmanga 3274 ta murojaat yoʻllangan boʻlib, shundan 818 tasi Koson tumani aholisi hissasiga toʻgʻri keladi. Bu borada kosonliklar nafaqat viloyat, balki respublika hududlari ichida yetakchi boʻlishgan. Murojaatlar asosan mehnat huquqlari, sud va tergov faoliyatidan norozilik, uy-joy, aliment, kommunal xizmatlar va boshqa masalalarni qamrab olgan.
— Shunga muvofiq, murojaatchilar bilan navbatdagi yuzma-yuz uchrashuvlarimiz aynan Koson tumanida tashkil etildi, — deydi Ombudsman Feruza Eshmatova. — Muloqotga murojaatlarda tilga olingan sohalarga daxldor mutaxassislarni ham jalb qildik. Bu faqat bir kundagi gap emas, odamlar oʻz muammolarini kimga yetkazish mumkinligini, qayerga murojaat qilishni aniq bilib olishi kerak. Ana shunda masalalarni hal etish mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi. Mahalliy idoralar ham biz bergan tahlildan kelib chiqib, aholi oʻrtasida yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli hal etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olishadi.
Fuqarolar bilan erkin muloqotda huquqiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida Ombudsman Feruza Eshmatova tomonidan sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolar murojaatlari qabul qilindi. Qabulda 40 ga yaqin murojaatlar tinglanib, ular joyida tegishli tashkilotlar bilan birga koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring