Oliy Majlis Senati raisi kotibiyatiga rahbarlik qilgan shaxs Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi boʻldi
Alisher Abdusalomov Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi boʻldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 29-avgust kuni Oʻzbekistonning Koreyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov Seulga yetib borgan.
Qayd etish kerakki, Abdusalomov 1995-yildan 2024-yilgacha (qisqa tanaffus bilan) Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasiga rahbari, iyun oyida vafot etgan Vitaliy Fen oʻrniga tayinlandi.
Abdusalomov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti va Janubiy Koreyaning Kyong-Xi universitetini bitirgan. U elchi etib tayinlangunga qadar Oliy Majlis Senati raisi kotibiyatiga rahbarlik qilgan.
Diplomat kasbiy faoliyatini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) yetakchi mutaxassislikdan bosh boshqarma boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, 2013−2016-yillarda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi, 2018−2024-yillarda esa Janubiy Koreyada ham ushbu lavozimda ishlagan.
“Yangi elchi oʻzaro hamkorlikning iqtisodiy, madaniy va diplomatik jihatlariga eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlarni davom ettirish niyatida”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, ikki Olimpiada chempionlariga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring