Ochilboy Ramatovga parlament soʻrovi yuborildi

Senatning yalpi majlisida Suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – transport vaziri A.J.Ramatovga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan senator T.Iskandarov chiqish qildi.
Unda qayd etilishicha, senatorlar tomonidan joylarda “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini oʻrganish natijasi sohada toʻliq foydalanilmagan imkoniyatlar va zudlik bilan hal etilishi lozim boʻlgan muammolar mavjudligini koʻrsatdi
Misol uchun, “Suvoqova” DUKga qarashli oqova suv tozalash inshootlarini asosiy qismi oʻtgan asrning 60-70 yillarda ishga tushirilgan boʻlib, bugungi kun talablariga umuman javob bermaydi. Natijada suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari qoʻpol ravishda buzilib, biologik va kimyoviy tozalashdan oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq suv havzalariga oqizilmoqda.
Bu oqindi suvlardan suvga yaqin hududdlarda yashayotgan ayrim aholi qismi maishiy ehtiyojlari uchun foydalanib kelyapti.
“Suvoqova” DUKga qarashli mavjud 22 ta laboratoriyadan
5 tasi, yaʼni Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo Jizzax,viloyatlaridagi laboratoriyalar umuman faoliyat koʻrsatmayapti. Qolgan 17 tasi belgilangan talablarga javob bermaydi.
Respublikamizdagi mavjud oqova suv tozalash inshootlarini tegishli darajada ishlashini taʼminlashni nazorat qilish tashkil etilmagan, koʻp hollarda ularni texnik ekspluatatsiya qilish va atrof-muhit xavfsizligini taʼminlash boʻyicha belgilangan talablar buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda. Oqova suv tozalash inshootlarini taʼmirlash-tiklash ishlarini bajarishga oid qoida va muddatlarga rioya etilmayapti, ularga tutash hududlarning holati sanitariya qoidalari va gigiyena normalari talablariga toʻliq javob bermaydi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan mavjud suv tozalash inshootidan chiqayotgan oqova suvlardan namunalar olinib, tahlil qilinganda, ularda belgilangan meʼyorlarga nisbatan rux moddasi 4,7 martaga, mis 3 martaga, neft mahsulotlari 2,8 martaga, azot nitrit 1,8 martaga hamda sulfat moddasi 1,8 martaga yuqori ekanligi aniqlangan.
Mutasaddi idoralar tomonidan aholi punktlarida kanalizatsiya tizimlarini qurish hamda mavjud va barpo etilayotgan uylarni ularga ulash masalasiga yetarli darajada eʼtibor berilmayapti.
Shularni inobatga olib, senatorlar Suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – transport vaziri A.J.Ramatovga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring