“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq masʼul javobgarlikka tortildi, 3 mingdan ortigʻi ogohlantirildi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura boʻlim boshligʻi Abdurahim Muhiddinov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosida kamchilikka yoʻl qoʻygan va oʻz vazifasini lozim darajada bajarmagan 427 nafar masʼullar intizomiy va 724 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 3.040 nafar shaxs rasman ogohlantirildi.
Jazolanganlar orasida Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyati hokimlarining hamda 107 nafar tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari, shuningdek Madaniy meros agentligi direktori, Madaniyat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmat markazi hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ rahbarlarining sohaga masʼul oʻrinbosarlari ham bor.
Qoʻpol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 185 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi, 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring