Nurobodda 5,2 milliard soʻmga yangi koʻpriq qurildi

11:52 09 Noyabr 2021 Jamiyat
711 0

Foto: Халқ сўзи

Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi Uzku qishlogʻidan oqib oʻtuvchi Eski anhor kanali ustiga qurilgan yangi koʻprik foydalanishga topshirildi.

Eski anhor kanalidan oʻtgan oldingi koʻprik 1968-yilda qurilgan boʻlib, oʻtgan vaqt ichida avariya holatiga kelib qolgan edi. Bu esa uzoq yillardan beri oʻquvchilarining maktabga, fuqarolarning markazga qatnashi, avtomobillarning harakatlanishi uchun koʻplab qiyinchiliklarni keltirib chiqarardi.

Tuman hokimligi tomonidan ushbu koʻprik tuman obodonlashtirish boʻlimi balansiga olingan boʻlib, bugungi kunda manzilli dastur asosida 5,2 milliard soʻm mablagʻ evaziga 24 metr uzunlikdagi yangi koʻprik barpo etildi.

Maxsus loyiha asosida qurilgan yangi koʻprikning uzoq yillar xizmat qilishidan umidvor qishloq ahlining quvonchi cheksiz.

A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер