Nogironligi boʻlganlarni ish bilan taʼminlaganlik uchun 50 mln soʻmgacha subsidiya ajratiladi
Illyustrativ foto
I va II guruh nogironligi nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga 50 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Prezidentning tegishli farmoniga asosan nogironligi boʻlgan shaxslarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini taʼminlash maqsad qilingan.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-iyundan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun 50 million soʻmgacha subsidiya ajratilishi belgilandi.
Farmonga asosan, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestri ham yuritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring