Navoiyga katta futbol qaytdi

16:05 05 May 2025 Jamiyat
130 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Qariyb bir yarim yillik tanaffusdan soʻng Navoiyning “Qizilqum” futbol jamoasi shahardagi “Yoshlik” stadionida chinakam mezbon sifatida maydonga tushdi. Gap shundaki, bunga qadar “qizilqumchi”lar oʻz uy uchrashuvlarini Toshkent, Qarshi va Samarqand shaharlarida oʻtkazib, nominal mezbon sifatida qayd etilardi. Boshqacharoq aytsak, navoiyliklar katta futbolni sogʻinib qolishgandi.

Shu bois tubdan taʼmirlangan “Yoshlik” stadioni 12 ming tomoshabinlar bilan toʻldi.

— “Qizilqum”ga “Zarafshon” (jamoaning oldingi nomi) paytidan buyon muxlislik qilaman, — deydi mehnat faxriysi Gʻayrat Xolbekov. — Oʻyin kunlari ishdan ruxsat olib ertaroq chiqardim. Qarang, oraliqda nafaqaga chiqdim. Endi bemalol har bir uchrashuvga betashvish kelishim, sevimli jamoamni olqishlashim mumkin. Bevosita oʻsha kungi uchrashuvga kelsak, “Qizilqum” unda Namanganning “Navbahor” jamoasi ustidan 3:2 hisobda gʻalaba qozonib, oʻz muxlislariga dastlabki xushkayfiyatni tuhfa etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер