Namangan shahrida “Ilk rivojlanish markazi” ochildi

Bunday muassasalar ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari, alohida ehtiyojga ega tarbiyalanuvchilarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishga yoʻnaltirilgan. Viloyat markazida faoliyat boshlagan shunday markaz Yakkatut mahallasidagi 100-umumtaʼlim maktabining boʻsh turgan xonalarida joylashtirilgan boʻlib, 240 nafar bolajonni bagʻriga oladi.
— Dastlabki “Ilk rivojlanish markazi” bundan toʻrt yil ilgari Kosonsoy tumanida tashkil etilgan, oʻtgan vaqt ichida oʻzini oqladi, — deydi Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi shoʻba boshligʻi Abror Abduqayumov. — Ikki model, yaʼni bolalarni markazga jalb etish, shuningdek, alohida tarbiyaga ehtiyojmand kichkintoylarning uyiga tashrif orqali olib boriladigan mashgʻulotlar ijtimoiy jihati bilan ota-onalarga ham maʼqul tushmoqda. Ayniqsa, nogironligi bor oʻgʻil-qizlarga oʻz xonadonida inklyuziv saboq berilayotgani ular tarbiya topishida sogʻlom tengdoshlaridan kam boʻlmagan imkoniyat yaratilgani bilan ahamiyatga molik.
Taʼkidlash kerakki, hafta oxiriga qadar viloyatning Chust, Norin va Uychi tumanlarida ham shunday markazlar ochilib, qoʻshimcha ravishda 1200 nafar bolani maktabgacha taʼlimga jalb etish koʻzda tutilgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring