“Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
Foto: Videodan kadr
Davlat soliq xizmati organlari Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida sodir boʻlgan holat yuzasidan oʻz munosabatini bildirdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablardan birida boʻlgan holatni nooʻrin xatti-harakat deb hisoblaydi va keskin qoralaydi. Kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ham munosabat bildirdi. “Maktab oʻquv jarayoni ishtirokchisi boʻlmagan begona shaxslarni taʼlimga oid tartib-qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan holda dars jarayoniga kirib borishi va uni buzishi, bolalarga qandaydir noqonuniy talablar bilan murojaat qilishi — mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”, deyiladi munosabat matnida
Shuningdek, ombudsman bolalarning oʻz ota-onalarining soliqqa oid majburiyatlari uchun javobgar emasligi, hech bir holatda ularni bu jarayonga jalb qilish, ogohlantirish mumkin emasligini bildirgan.
“Bu bolaning Konstitutsiya va qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlariga ziddir. Bunday nojoʻya harakatlarga yoʻl qoʻygan masʼullarga tegishli tarzda chora koʻrilishi shart”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring