Miyani qarishdan himoya qilishga qodir oʻsimlik aniqlandi

Illyustrativ foto
Braziliyaning Rio Grande do Sul federal universiteti olimlari Amerika rayhon ekstrakti oksidlovchi stress va yalligʻlanishni kamaytirish orqali miyani yoshga bogʻliq oʻzgarishlardan himoya qilishini aniqladi.
Sichqonlarda oʻtkazilgan tajribada olimlar uning gippokamp(xotira, navigatsiya va hissiyot uchun masʼul boʻlgan miya strukturasi)ga, xotira va oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan miya tuzilishiga taʼsirini baholadilar. Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, birikma reaktiv kislorod turlari (ROS) — metabolizm jarayonida organizmda hosil boʻladigan va hujayralarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan zararli molekulalar konsentratsiyasini kamaytirishi mumkin. Haddan tashqari ROS oksidlovchi stressga olib keladi, bu hujayra funksiyasini buzadi, ayniqsa, miyada ular neyron membranalariga zarar yetkazadi va nerv signallarining uzatilishini buzadi.
Ekstrakt shuningdek, gippokampdagi hujayra membranalarining yoʻq qilinishini oldini oldi va TNF-a (oʻsimta nekrozi omili alfa) va IL-1b (interleykin-1 beta) kabi yalligʻlanish sitokin (oqsil xabarchi molekulalar)lari darajasini pasaytirdi. Ushbu signal molekulalari organizmdagi yalligʻlanish jarayonlarini faollashtiradi va surunkali koʻtarilganda neyro yalligʻlanish va miyaning tez qarishiga yordam beradi.
Biokimyoviy tahlil oʻsimlikda antioksidant fenolik birikmalarning yuqori konsentratsiyasini, jumladan, rosmarinik va xlorogen kislotalarni aniqladi. Tadqiqot mualliflarining fikriga koʻra, bu moddalar neyroprotektiv taʼsir koʻrsatadi.
Olimlarning taʼkidlashicha, olingan natijalar Amerika rayhon ekstrakti funksional oziq-ovqat qoʻshimchalari va ozuqaviy moddalarni yaratish uchun potensial asos boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Biroq, odamlar uchun optimal dozani va shaklni aniqlash uchun qoʻshimcha tadqiqotlar talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring