Mirziyoyev va Toqayev qoʻshma loyihalarni ishga tushirish marosimida qatnashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ikki tomonlama muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochdilar.
O‘zbek va qozoq oliygohlari filiallarining o‘zaro ochilishi ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanayotganidan yana bir dalolat bo‘ldi.
Mazkur ta’lim muassasalarida talab yuqori bo‘lgan texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari "Sian - Xorg‘os - Olmaota - Sariyog‘och - Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdining yetib kelishiga bag‘ishlangan marosimda ham ishtirok etdilar.
Yuk poyezdi Sian shahridagi Qozog‘iston-Xitoy terminalidan "Xorg‘os" quruq portiga yo‘l oldi. U yerda konteynerlar qayta ortildi va Qozog‘iston temir yo‘llari bo‘ylab "Sariyog‘och" stansiyasi orqali so‘nggi manzilga – "Toshkent" stansiyasiga jo‘natildi.
Ushbu yo‘nalish yuk tashish vaqtini qisqartirib, savdo hajmini oshirishga kuchli turtki beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring