Mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi
Oʻzbekistonda mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bu haqda 11-fevral kuni tegishli qonun qabul qilindi.
Qonun mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari oʻrtasida ularni bogʻlovchi “zanjir”ni shakllantirish, shuningdek, mikromoliya tashkilotlari uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslar, shu jumladan, depozitlar jalb etish imkoniyati yaratiladi.
Bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida koʻrsatishga vakolatli boʻlgan mikromoliya banki instituti joriy etiladi.
Shuningdek, qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga va mikromoliya banklarini tijorat banklariga hamda aksincha transformatsiya qilish uchun huquqiy asos yaratilmoqda.
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, mikromoliya tashkiloti mikromoliya bankiga, mikromoliya banki tijorat bankiga, tijorat banki mikromoliya banki faoliyatiga va mikromoliya banki mikromoliya tashkilotiga oʻz faoliyatini oʻzgartirishi mumkin.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring