“Men vaqtimni behuda sarflamoqchi emasman” — Tramp Putin bilan uchrashuv oʻtkazish sharti haqida gapirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga faqatgina Rossiya va Ukraina oʻrtasida tinchlik kelishuvi haqiqatan ham mumkinligiga ishonch hosil qilgach tayyor boʻlishini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Prezident samolyotida jurnalistlar Trampdan “Rossiya qanday shartlarni bajarsa, siz Putin bilan uchrashuvni qayta belgilaysiz?” deb soʻraganlarida u shunday javob bergan:
“Men haqiqatan ham kelishuvga erishayotganimizni bilishim kerak boʻladi. Men vaqtimni behuda sarflamoqchi emasman. Mening Vladimir Putin bilan doimo yaxshi munosabatlarim boʻlgan, ammo bu safar juda hafsalani pir qildi. Men ilgari tuzgan har qanday kelishuv Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaroni hal qilishdan murakkabroq tuyulgan edi, lekin bu safar ish bermadi”.
Tramp, shuningdek, Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy oʻrtasida “katta nafrat” mavjudligini ham qayd etgan.
Eslatib oʻtamiz, 16-oktyabr kuni AQSH va Rossiya prezidentlari telefon orqali suhbatlashgan edi. Suhbat yakunida Tramp Budapeshtda uchrashuv oʻtkazilishi haqida maʼlum qilgan, biroq keyinchalik bu uchrashuvni bekor qilganini eʼlon qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring