Mark Ryutte boshchiligidagi NATO Yevropaga hech qanday yaxshilik keltirmaydi — fransuz generali

Foto: AP
Shimoliy Atlantika alyansi — NATOning yangi bosh kotibi Mark Ryutte AQSH bosimi ostida saylangan. Bu fikrlarni tashqi va mudofaa siyosati boʻyicha fransuz eksperti, isteʼfodagi general Dominik Delavard aytib oʻtdi.
U yangi bosh kotibni amaldagi NATO rahbari Yens Stoltenbergning kloni deb atadi, shuningdek, uning tayinlanishi Yevropaga hech qanday yaxshilik olib kelmasligini aytdi.
«Mark Ryuttening tayinlanishi, xuddi oʻzidan oldingilar singari, Vashington tomonidan amalga oshirilgan. U bugungi kunda AQSHda ham, Yevropa Ittifoqida ham hukmronlik qilayotgan neokonservativ mafkuraga mos, deb hisoblangani uchun tanlandi», deydi Delavard.
Ekspertning fikricha, Ryutte davrida NATOning Rossiya va Xitoyga nisbatan pozitsiyasi oʻzgarmaydi.
«Uning rahbariyati shafqatsiz va rusofob boʻlib qoladi», deydi general va uning Moskva va Pekinga nisbatan ritorikasi oʻzgarmasada, shiddati pasayishini tan oldi.
Bungacha Jeneva diplomatiya va xalqaro munosabatlar maktabi dotsenti Jil-Emmanuel Jake NATOning yangi bosh kotibi alyans ichida qarama-qarshiliklarga duch kelishini aytgan edi.
Mark Ryutte 2024-yil fevralidan boshlab NATO bosh kotibi lavozimiga asosiy nomzod boʻlib kelgan. 2024-yil 20-iyun kuni NATOga aʼzo 32 davlat alyans bosh kotibi lavozimiga Ryutte nomzodini kelishib oldi. U 2-oktyabrda lavozimga kirishishi kutilmoqda.
Ryutte Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyani ushlab turishda davom etishi kerakligini, shu jumladan sharqiy qanot himoyasini kuchaytirish zarurligini va har bir NATOga aʼzo davlatning yillik mudofaa xarajatlari yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini tashkil etishi muhim, deb hisoblaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring