Maʼrifat taraqqiyoti yoʻlida

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Maʼlumki, joriy yilning 3-15-dekabr kunlari mamlakatimizning barcha hududlari boʻylab “Maʼrifat karvoni“ ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtadi.
Tadbirlar rejasiga koʻra, Ahmad Fargʻoniy nomidagi Fargʻona viloyati axborot-kutubxona markazida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat“ shiori ostida muloqot tashkil etildi. Unda poytaxtdan tashrif buyurgan “Maʼrifat“ targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy-amaliy markazlari olimlari hamda fargʻonalik ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Maʼrifiy suhbat davomida ilmiy, diniy-maʼrifiy, buyuk ajdodlar va milliy qadriyatlarimiz mavzularda maʼruzalar tinglandi, Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tayyorlangan hujjatli film namoyish etildi.
—“Maʼrifat karvoni“dan koʻzlangan maqsad davlatimiz rahbarining joriy yil 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Senatining birinchi yalpi majlisi, Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqishga bagʻishlangan majlisidagi nutqi mazmun-mohiyatini ziyolilar ishtirokida xalqimizga yetkazishdan iborat, — deydi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi, falsafa fanlari doktori Shavkat Toʻrayev. — Uchrashuvda Yangi Oʻzbekistonda barcha jabhalarda olib borilayotgan yangilanish va oʻzgarishlar, ilmiy, diniy-maʼrifiy sohadagi yutuqlar, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar xususida soʻz yuritildi. Soʻnggi yillarda Fargʻona viloyatida amalga oshirilgan hayotbaxsh islohotlar, qurilish-bunyodkorlik ishlari mavzusiga bagʻishlangan videorolik namoyish qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring