Markaziy bank fuqarolarni firibgarlikning yangicha turlaridan ogohlantirdi

Soʻnggi vaqtlarda raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda sodir etilayotgan firibgarlik holatlari toʻgʻrisida fuqarolarimizning xabardorligi oshganligi sababli endilikda firibgarlar murakkabroq sxemalardan foydalanishmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan Markaziy bank ogohlikka chaqirdi.
Xabarda aytilishicha, oʻzini yurtimizda faoliyat olib boruvchi uyali aloqa operatori “xodimi” sifatida tanishtiruvchi firibgar fuqaroga qoʻngʻiroq qilib, telefon raqamidan foydalanish boʻyicha shartnomani uzaytirish borasida bir qancha savollar beradi.
Biroz vaqt oʻtgach, firibgarlar fuqaroga Telegram messenjeri orqali Markaziy bank ramziy belgilari aks ettirilgan profildan xabar yuborib, uning bank va toʻlov tashkilotlari mobil ilovalaridagi shaxsiy kabinetlariga begonalar ruxsatsiz kirishga uringanligi, shuningdek kredit amaliyotini yakunlash jarayoni nihoyasiga yetmaganligini maʼlum qiladi.
Bundan tashqari, agar fuqaro hamkorlik qilishdan bosh tortsa yoki Markaziy bankning soxta “xodimi” koʻrsatmalarini bajarmasa, unga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortish chorasi koʻrilishi bilan tahdid qiladi.
Shuningdek, doʻq-poʻpisalar yanada ishonchli boʻlishi uchun messenjer orqali yuborilayotgan xabarlarga topish oson boʻlgan ochiq manbalardan Jinoiy-protsessual kodeksning elektron fayli ham biriktirib qoʻyiladi.
Agarda fuqaro firibgarlarning yolgʻon gaplariga ishonib, ular aytgan koʻrsatmalarni bajarsa, bank kartasidagi mablagʻlardan ayrilib qolishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bu kabi xabarlarga hech qanday aloqasi yoʻqligini maʼlum qilib, fuqarolarga bu kabi xabarlarga ishonmaslikni tavsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring