“Leapmotor” xitoylik mutaxassislar ishtirokida qayta sinovdan oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda “Leapmotor” brendiga tegishli yengil avtomobillar importiga qoʻyilgan cheklov qayta koʻrib chiqiladi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Inspeksiya tomonidan Xitoy kompaniyasiga nisbatan qoʻyilgan cheklov yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlarda “Leapmotor” mutaxassislarining Oʻzbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.
Kompaniya mutaxassislari ishtirokida mahsulotlar sinov jarayonlari qayta oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonda “Leapmotor” brendi ostidagi yengil avtomobillarni sertifikatlash uchun arizalar qabuli vaqtincha toʻxtatilgan. Bunga sabab qilib kompaniyaga tegishli “C16” rusumli avtomobilning xavfsizlik talablariga javob bermasligi koʻrsatilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring