Konfliktli vaziyatlardа va oʻz joniga qasd qilishga moyil shaxslar bilan qanday ishlash lozim?

20:52 24 Dekabr 2021 Jamiyat
749 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda “Konfliktli vaziyatlarda oilaviy zoʻravonlik va oʻz joniga qasd qilishning oldini olish profilaktikasi” mavzusida oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Tadbirda Bosh prokurorning oʻrinbosari Svetlana Artikova moderatorlik qildi.

Unda konfliktli vaziyatlarda oilaviy zoʻravonlik va oʻz joniga qasd qilish xatti-harakatlarining oldini olish, zoʻravonlik qurbonlari, shuningdek, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan hamda oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlgan shaxslar, zoʻravonlik sodir etgan agressorlar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ayollarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiqning har qanday koʻrinishiga barham berish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbirda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlik loyihasining Oʻzbekistondagi menejeri, sud, prokuratura, adliya, ichki ishlar organlari, taʼlim tizimi, fuqarolik jamiyati instituti xodimlari hamda psixolog mutaxassislar ishtirok etishdi.

Soʻzga chiqqan “Azizam psixologiya klubi” rahbari Aziza Toshxoʻjayeva erkak va ayollar psixologiyasining oʻziga xos xususiyatlari haqida toʻxtalar ekan, agressorning zoʻravonlik sodir etishga qaratilgan xatti-harakatlarini oldindan bashorat qilish, uni oldini olish chora va usullari qoʻllash amaliyoti bilan oʻrtoqlashdi.

Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi Mashhura Sultonova oilaviy zoʻravonlik qurbonlari, shuningdek, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan hamda oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlgan shaxslar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik jihatlariga toʻxtaldi.

BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlik loyihasining Oʻzbekistondagi menejeri Dilfuza Abulxasan kuni kecha Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida oʻtkazilgan konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ijobiy baholanganligi va uni oʻrganish maqsadga muvofiqligi taʼkidlanganligini qayd etdi.

Bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер