Xivada dunyoning eng kuchli polvonlari xalqaro musobaqa gʻolibligi uchun kurashmoqda

19:23 09 Iyun 2023 Madaniyat
940 0

9-11-iyun kunlari qadimiy Xiva shahrida “III International Pahlavon Mahmud Strongmen Games” xalqaro turniri boʻlib oʻtadi.

Xalqaro turnir Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan Xorazm viloyati hokimligi va Uzreport tv telekanali koʻmagida tashkil etilmoqda.

Ayni daqiqalarda Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” majmuasida xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi oʻtkazilmoqda. Unda Madaniyat va turizm vazirligi, Xorazm viloyati va Xiva shahri hokimligi, World Strongmen federation (Xalqaro Bahodirlar oʻyinlari federatsiyasi) rahbariyati hamda, 17 ta davlatdan ishtirok etayotgan jahonga mashhur sportchilar qatnashmoqda.

“Shu kunlarda Xivada turizm mavsumi ayni avj pallada. “Ichan qalʼa” majmuasi bir kunda minglab xorijiy va mahalliy sayyohlarni qabul qilmoqda. Xalqaro turnirning shunday paytda tashkil etilishi esa xorijliklarning bu yerga boʻlgan eʼtiborini bir necha karra oshishiga xizmat qiladi.

Uchinchi bor oʻtkazilayotgan bu musobaqa Xalqaro Bahodirlar oʻyinlari federatsiyasi tomonidan ham alohida eʼtirof etilmoqda. Kelgusi yilda musobaqa ishtirokchilari geografiyasini yana kengaytirish borasida ushbu tashkilot bilan hamkorlikni kuchaytirmoqdamiz”, deydi Xorazm viloyati Madaniyat va turizm bosh boshqarmasi boshligʻi Azamat Xoʻjayev.

Maʼlumot uchun, sportchilar bugunning oʻzida “Ichan qalʼa” majmuasida musobaqa uchun tashkil etilgan maxsus maydonda bellashuvlarga kirishadi. Xalqaro turnir gʻoliblari nomiga 11-iyun kuni oydinlik kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер