Luvr talonchiligi boʻyicha yana besh kishi qoʻlga olindi
Fransiyada Luvr muzeyi talonchiligi bilan bogʻliq jinoyat ishi doirasida yana besh nafar gumonlanuvchi hibsga olindi, deb xabar berdi RTL radiostansiyasi.
“Sud manbalariga koʻra, Luvr talonchiligi boʻyicha tergov doirasida besh nafar yangi gumonlanuvchi hibsga olindi”, — deyiladi xabarda.
Hibsga olingan shaxslar Parijning turli joylarida bir vaqtning oʻzida qoʻlga olingan, biroq oʻgʻirlangan qimmatbaho buyumlar topilmagan.
Eslatib oʻtamiz, Luvr 19-oktyabr kuni talon-taroj qilingan edi. Jinoyatchilar Apollon galereyasiga kirib, bir necha daqiqada toʻqqizta tarixiy zargarlik buyumini olib chiqib ketgan. Dastlabki baholashlarga koʻra, oʻgʻirlangan buyumlarning umumiy qiymati 88 million yevroni tashkil etadi.
Yoʻqolgan buyumlar orasida imperator Napoleonning rafiqasi Mariya-Luizaning marvaridli taqinchoqlari, shuningdek, qirolicha Mariya-Amaliya, Niderlandiya qirolichasi Gortenziya de Bogarne va Yevgeniya kolleksiyalariga mansub zargarlik asarlari bor.
Bir hafta oʻtib, ikki gumonlanuvchi hibsga olingan edi: ulardan biri Sharl-de-Goll aeroportida Jazoirga uchmoqchi boʻlgan paytda, ikkinchisi esa Parij chekkasida ushlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring