AQSH HAMASga Isroil nazoratidagi Gʻazo hududlaridan xavfsiz chiqish taklifini bildirdi
Axios nashrining xabariga koʻra, Oq uy vakillari HAMAS rahbariyatiga Isroil nazoratidagi Gʻazo sektorining ayrim hududlaridan qurollangan jangchilarni xavfsiz olib chiqish imkoniyatini taqdim etuvchi taklif yuborgan.
Bu taklif Misr va Qatar vositachiligi orqali yetkazilgan. Manbaga koʻra, AQSHning asosiy maqsadi — oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda HAMAS tarafdorlari bilan Isroil armiyasi oʻrtasida yangi toʻqnashuvlarning oldini olishdir.
Axios Isroil mudofaa kuchlari vakillariga tayanib yozishicha, HAMASga sodiq bir necha oʻnlab jangchilar hanuzgacha Isroil qoʻshinlari nazoratidagi hududlarda joylashgan yerosti tunnellarida qolmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 9-oktyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan taqdim etilgan tinchlik rejasining birinchi bosqichini amalga oshirish borasida kelishuvga erishilgan edi. Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish rejimi 10-oktyabrdan kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring