AQSH Gʻazoda xalqaro kuchlarni joylashtirish boʻyicha reja tayyorlamoqda
“Axios” nashrining xabariga koʻra, AQSH bir qator davlatlar bilan Gʻazo sektorida xalqaro barqarorlashtirish kuchlarini tuzish masalasida yopiq muzokaralar olib bormoqda. Vashington bu boradagi yakuniy rejani yaqin haftalarda taqdim etishni rejalashtirgan.
“Mintaqa davlatlari xalqaro kuchlarda ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda. Hech biri bu tashabbusni rad etgani yoʻq — barchasi yakuniy loyihani kutmoqda”, — dedi nashr suhbatdoshi.
Manbalarga koʻra, reja yaqin kunlarda qabul qilinadi, soʻngra Isroil va boshqa davlatlarga taqdim etiladi.
Kutilishicha, xalqaro kuchlar tarkibida Ozarbayjon, Misr, Indoneziya va Turkiya vakillari, shuningdek, Falastin politsiyasi boʻlinmalari boʻladi. Ular Gʻazoning Misr va Isroil bilan chegarasida joylashtiriladi.
Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyi oxirida Oq uy AQSH prezidenti Donald Trampning Gʻazodagi mojaroni hal etishga qaratilgan 20 banddan iborat rejasini eʼlon qilgan edi. Unga koʻra, Falastin hududida vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etilib, xalqaro barqarorlashtirish kuchlari joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring