Xalqimiz 33 yil va 278 kun kutgan kun yoxud Oʻzbekiston Jahon chempionatida!

23:00 05 Iyun 2025 Sport
235 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishib, ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻl oldi. Bu uchun Birlashgan Arab Arab Amirliklari bilan 0:0 oʻynash yetarli boʻldi.

2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida boʻlib oʻtadi. Bu musobaqa tarixda ilk bor uchta davlatda birgalikda oʻtkazilishi bilan ajralib turadi. Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa davomida 104 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Hozirgacha turnirga mezbon davlatlar — AQSH, Kanada va Meksika avtomatik ravishda yoʻl olishgan. Shuningdek, Yaponiya, Eron, Argentina va Yangi Zelandiya jamoalari ham saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, asosiy bosqichga yoʻl olishgan.

Jahon chempionati oʻyinlari 16 ta shahar — AQSHda 11, Kanadada 2 va Meksikada 3 ta shaharda oʻtkaziladi. Ochilish oʻyini 2026-yil 11-iyun kuni Meksika shahridagi “Estadio Azteca” stadionida boʻlib oʻtadi. Final esa 19-iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi “MetLife” stadionida tashkil etiladi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер