Kambagʻallikdan – tadbirkorlikka
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalarni doimiy daromad manbaiga ega qilish orqali kambagʻallikdan chiqarish chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Buni Andijon tumanidagi “Sultonobod” mahalla fuqarolar yigʻini misolida ham yaqqol koʻrish mumkin.
— Hozirga qadar 10 ta oilani baliqchilik va parrandachilik fermer xoʻjaliklariga ishga joyladik, — deydi mahalladagi hokim yordamchisi Botirali Hoshimov. — Shuningdek, nogironligi mavjud boʻlgan oʻnga yaqin oilalarda 100 boshdan 200 boshgacha tovuq boqishni yoʻlga qoʻydik. Ularga parrandani parvarishlab berayotgani uchun fermer xoʻjaliklari tomonidan 4 mln. soʻmdan oylik maosh ham belgilandi. Shu tariqa oʻzgalar yordamiga muhtoj oilalar kambagʻallikdan chiqarilmoqda. Tez orada ularning oʻzlari ish beruvchiga aylanishi rejalashtirilgan.

Xonadonlarda olib borilgan xatlov natijasida maʼlum boʻldiki, Andijon viloyatida 15,5 mingta oila ehtiyojmand, kambagʻallikdan chiqarilishi zarur boʻlganlar toifasiga mansub. Ularning 7 mingtasi mutasaddilarga biriktirilgan, qolgan 8,5 mingtasini tadbirkorlikka yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. Tez orada ular gulchilik, baliqchilik va parrandachilik yoʻnalishlarida oʻz faoliyatini boshlashi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring